O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan suv-energetika bo‘yicha kelishuv imzoladi 

O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan suv-energetika bo‘yicha kelishuv imzoladi 
  • 7
  • 24.11.2025 11:53:00
  • 1 мин оқу

2025-yil 22-noyabr kuni Olmaotada Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Yerlan Akkenzenov raisligida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida  suv-energetika sohasiga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi. 

Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, Qirg‘iziston energetika vaziri Talaybek Ibraev, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov, suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraev ishtirok etdi.      
  
“To‘xtag‘ul suv omboridagi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, uchrashuv ishtirokchilari bir-birlarini o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlashga, isitish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish va kelgusi vegetatsiya davriga tayyorgarlik ko‘rish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaror qilishdi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunida, 2025-2026-yillar qish uchun elektr energiyasi yetkazib berish va 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish hajmini qonuniy ravishda belgilaydigan uch tomonlama protokol imzolandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News