O‘zbekiston vakili “Tatar qizi — 2026” tanlovida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston vakili “Tatar qizi — 2026” tanlovida g‘olib bo‘ldi
  • 10
  • 09.10.2026 13:22:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston vakili Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi. U bosh sovrin — Zeekr 9X avtomobili bilan taqdirlandi.
Tanlov Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 12 nafar ishtirokchi tatar tili, tarixi, milliy an’analari va ijodiy mahorati bo‘yicha bellashdi.

Amina Mahmudova Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida tahsil oladi va vokal o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi.

Ma’lumot uchun, “Tatar qizi” — tatar tili, milliy anʼanalari va madaniy merosini asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazishga qaratilgan xalqaro madaniy-maʼrifiy tanlov. Bu yilgi tanlov finali ilk bor Turkmanistonda o‘tkazildi. Keyingi tanlov mezbonligi avvalgi yil g‘olibining vatani asosida belgilanadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News