
- 7
- 24.11.2025 14:37:00
- 1 мин оқу
Bilim va malakalarni baholash agentligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Konvensiyaga a’zo mamlakatlar bir-birining tasdiqlangan diplomlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tan oladi. Hozirda konvensiya a’zolari — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Vengriya, Estoniya, Litva, Moldova kabi 38 davlat. Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi konvensiyaga kirmagan mamlakatlarning diplomlari esa O‘zbekistonda amaldagi nizom asosida alohida tartibda tan olinadi.
O‘zbekistonning konvensiyaga to‘liq a’zoligi YUNESKOga tasdiqnoma topshirilganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.