
- 16
- 19.11.2025 16:46:00
- 1 мин оқу
Dunyodagi eng yirik test agregatori Worldwide IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda IQ o‘rtacha darajasi bo‘yicha reytingda 111 mamlakat ichida 97-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich 92,2 ballni tashkil etib, o‘rtacha 100 balldan past hisoblanadi. MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Armaniston, Belorusiya va Ozarbayjonda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi uchta o‘rinni Yaponiya, Xitoy va Tayvan egalladi, o‘rtacha ballar mos ravishda 112.20, 111.74 va 111.19 ni tashkil etdi.
Yevropa mamlakatlaridan Vengriya intellektual topda eng yuqori o‘rinni egalladi. U 111.06 natijasi bilan to‘rtinchi qatorda.
Ukraina 94.99 bilan 75-dan 90-o‘ringa tushib ketdi, uning yonida Ummon, Keniya va Efiopiya joy oldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 88-o‘rinni (95,49), Tojikiston 95-o‘rinni (94,11), Qirg‘iziston esa 105-o‘rinni (92,29) egalladi.