
- 1
- 19.02.2026 10:10:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrifi davomida AQSH savdo vaziri Howard Lutnick, AQSH Eksport-import banki hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ustuvor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiya platformasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 1 milliard dollardan oshgan, O‘zbekistonda AQSHning 340 ga yaqin kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
Eksimbank bilan yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish, yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. DFC bilan investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif yakunida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida investitsiya platformasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim almashildi.