O‘zbekiston va Ozarbayjon: iqtisodiy sheriklik yangi bosqichda

O‘zbekiston va Ozarbayjon: iqtisodiy sheriklik yangi bosqichda
  • 31
  • 15.11.2025 14:05:00
  • 1 мин оқу

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Tomonlar Mirziyoyevning iyul oyidagi Boku safarida erishilgan kelishuvlar ijrosi, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil boshidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgan. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma sanoat loyihalari faol davom etmoqda. Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari yaqinlashayotgan oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News