
- 3
- 28.08.2026 11:40:00
- 1 мин оқу
Isroilda o‘zbekistonliklarni qishloq xo‘jaligi, tibbiy yordam va texnik kasblar bo‘yicha ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashib, fuqarolarni Isroilga tashkillashtirilgan holda ishga yuborish ko‘lamini kengaytirish masalasini muhokama qildi.
Isroil tomoni o‘zbekistonliklarning qurilish va parvarishlash sohalaridagi ishini ijobiy baholagan. Endilikda boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasi rahbarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishildi.