AQSHda 5 ta haydovchilik guvohnomasi bilan ushlangan o‘zbekistonlik

AQSHda 5 ta haydovchilik guvohnomasi bilan ushlangan o‘zbekistonlik
  • 2
  • 21.11.2025 13:42:00
  • 1 мин оқу

Arizona shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida, 5 ta haydovchilik guvohnomasi bilan trak haydagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ikki guvohnomasi Nyu York, uchtasi esa Ogayo shtatiga tegishli. U Bayden prezidentligi davrida AQSHga noqonuniy kirgan va 2025-yilda immigratsiya sudyasining mamlakatni tark etish buyrug‘ini bajarmagan. Hozirda u AQSHga kirishi taqiqlangan shaxs sifatida qo‘lga olingan va deportatsiya jarayoni boshlandi. Avvalroq AQSHda trak haydovchisi bo‘lgan 31 yoshli o‘zbekistonlik Ahror Bozorov terrorchilik ayblovi bilan hibsga olingani haqida xabar bergandik.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News