AQSH 80 nafar ukrainalikni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

AQSH 80 nafar ukrainalikni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
  • 0
  • 15.11.2025 08:42:00
  • 1 мин оқу

Tramp ma’muriyati AQSHda qolish muddati tugagan 80 ga yaqin ukrainalikni vatanga qaytarish jarayonini boshladi. The Washington Post’ning yozishicha, ICE ba’zi fuqarolarga 17-noyabrda maxsus reys orqali Ukraina yoki Polshaga olib ketilishi mumkinligini bildirgan. Ukrainaning AQSHdagi elchisi Olha Stefanishina ro‘yxatda 80 nafar odam borligini tasdiqladi. Advokatlar esa urush davom etayotgan bir vaqtda deportatsiya qilinayotgan fuqarolar Ukrainada armiyaga majburan jalb qilinishi ehtimoli yuqori ekanini aytmoqda. AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi har bir ish qonuniy tartibda ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. 
2024-yilda 53 nafar ukrainalik deportatsiya qilingandi. Yangi ro‘yxat tasdiqlansa, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News