Toshkent osmonida noma’lum jism kuzatildi

Toshkent osmonida noma’lum jism kuzatildi
  • 3
  • 20.02.2026 16:31:00
  • 1 мин оқу

19-fevral kuni Toshkent osmonida noma’lum jism kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa Afrosiyob ko‘chasi va “Kosmonavtlar” metro bekati atrofida qayd etilgani aytilmoqda. Shuningdek, Namangandagi ayrim foydalanuvchilar soat 12:30 dan so‘ng osmonda iz qoldirgan jism, kuchli shovqin va yer silkinishini sezganini ma’lum qildi. O‘zR FA Astronomiya instituti mazkur hodisa yuzasidan dastlabki o‘rganishlar olib borilganini ma’lum qildi. Institutga ko‘ra, hodisaning meteorit yoki boshqa tabiiy yoxud texnogen manba bilan bog‘liqligi hozircha rasman tasdiqlanmagan. Yer yuzasiga yetib kelgan qoldiqlar aniqlanmagani sabab aniq xulosa berish imkonsiz ekani bildirildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanishi bilan rasmiy axborot berilishi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News