
- 2
- 08.06.2026 10:50:00
- 1 мин оқу
Xamiri uchun:
500 gr un
200 gr margarin
200 gr qaymoq
1 dona tuxum
1 choy qoshiq razrixlitel
1 choy qoshiq tuz
Qiymasi uchun:
400 gr mol go‘shti qiymasi
1dona kartoshka
1dona piyoz
tuz, zira va kashnich
Tayyorlanishi:
Elangan un ustidan margarin solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin, qaymoq, tuxum, razrixlitel va tuz solinib, yumshoq xamir qorib olinadi. Tayyor bo‘lgan xamir 10 daqiqaga tindirishga olib qo‘yiladi. Somsaning nachinkasi uchun qiyma ustidan mayda to‘g‘ralgan piyoz, tyorkadan chiqarilgan kartoshka, tuz va ziravorlar solinib aralashtiriladi. Tingan xamir teng ikkiga bo‘linib, to‘rtburchak shaklda yoyiladi. Yoyilgan xamir lenta shaklida kesilib, qo‘lda ovalsimon shaklga keltirilgan qiyma ustidan o‘raladi. So‘ng, somsalar ustidan tuxum sarig‘i surtilib, kunjut sepiladi va 180°C da usti qizarguncha pishirib olinadi. Og‘izda eriydigan mazali turkcha somsalarimiz tayyor!