Tovuqli turkcha sote😍

Tovuqli turkcha sote😍
  • 2
  • 08.06.2026 10:48:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
800 gr tovuq filesi
3 dona piyoz
2 dona achchiq qalampir
2 dona bulg‘or qalampiri
3 dona pomidor
1 osh qoshiq tomat
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq qizil paprika
2 choy qoshiq maydalangan achchiq qalampir
1 choy qoshiq qora murch

Tayyorlanishi:
Birinchi tovuq filesi, piyoz, qalampir, bulg‘or qalampiri va pomidorlar to‘rtburchak shaklda, maydalab to‘g‘rab olinadi. To‘g‘ralgan tovuq go‘shti qozonga solinib, ozgina yog‘ qo‘shiladi. So‘ng, tuz, qora murch, achchiq qalampir va qizil paprika qo‘shilib, pishiriladi. Tovuq pishgach, piyoz solinadi va yana 5 daqiqa qovuriladi. Keyin, tomat pastasi, qalampir va bulg‘or qalampiri ham qo‘shilib, qozonning qopqog‘i yopiladi va past olovda 15–20 daqiqa dimlab pishiriladi. Tovuqli sote pishguncha, guruch yog‘da biroz qovurilib, ustidan suv quyiladi va qozonning qopqog‘i yopiq holda qaynatiladi. Likopchaga tayyor bo‘lgan guruch va tovuqli soteni solib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha🤗

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News