Turkiyada Erondan uchirilgan yana bir raketa yo‘q qilindi

Turkiyada Erondan uchirilgan yana bir raketa yo‘q qilindi
  • 0
  • 14.03.2026 10:22:00
  • 1 мин оқу

13-mart kuni Turkiyaning Adana shahridagi Injirlik harbiy-havo bazasi tomonga yo‘naltirilgani aytilgan yana bir raketa havoda yo‘q qilindi. Bu haqda “Cumhuriyet” nashri xabar berdi.
Tungi soat 03:30 atrofida Adanada ogohlantiruvchi sirenalar yangragan va bu aholi orasida vahimaga sabab bo‘lgan. Xavfsizlik manbalari raketa Eron hududidan uchirilgani va mudofaa tizimlari tomonidan havoda zararsizlantirilganini bildirgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, raketa Sharqiy O‘rta yer dengizi hududida joylashgan NATOning havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Bu Turkiyaga Erondan uchirilgan uchinchi raketa edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News