
- 1
- 20.02.2026 10:39:00
- 1 мин оқу
Tramp federal idoralarga o‘zga sayyoraliklar, noma’lum uchar jismlar va shu bilan bog‘liq hodisalar haqidagi hukumat hujjatlarini e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Prezident jamoatchilik orasida ushbu mavzuga qiziqish yuqori ekanini ta’kidlab, 20-fevral kuni Pentagon rahbari Pit Hegset va boshqa idoralarga ma’lumotlarni oshkor etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Avvalroq Tramp sobiq prezident Barak Obamani o‘zga sayyoraliklar mavzusida gapirib, maxfiy ma’lumotlarni ochiqlaganlikda tanqid qilgan, biroq bu da’volarga dalil keltirmagan. Obama bir podkastdagi chiqishida o‘zga sayyoraliklar mavjudligini, lekin ularni ko‘rmaganini aytgan.
Pentagonning so‘nggi hisobotlarida noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq kuzatuvlarda o‘zga sayyoraliklar texnologiyasiga oid ishonchli dalillar aniqlanmagani qayd etilgan. Kuzatilgan hodisalarning aksariyati oddiy obyektlar yoki tabiiy hodisalar bilan izohlangan.