Tramp: “Umrimda hech qachon ichmaganman”

Tramp: “Umrimda hech qachon ichmaganman”
  • 7
  • 17.11.2025 15:13:00
  • 1 мин оқу

AQSH Prezidenti Donald Tramp butun hayoti davomida alkogol va narkotik moddalardan butunlay uzoq bo‘lganini ma’lum qildi. Britaniyaning GB News telekanaliga bergan intervyusida u: “Men umrimda hech qachon ichmaganman va hech qachon narkotik modda qabul qilmaganman” dedi. Tramp farzandlariga ham alkogol, sigareta va narkotiklardan yiroq bo‘lishni doimo tavsiya qilganini qo‘shimcha qilgan. U, shuningdek, 79 yoshga to‘lganiga qaramay, o‘zini 30 yil avvalgidan ancha yaxshi his qilayotganini bildirgan. Prezidentning bu izohi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sog‘liq bilan bog‘liq mish-mishlarga javob sifatida qabul qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News