
- 2
- 12.11.2025 23:51:00
- 1 мин оқу
Donald Tramp va Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a 10-noyabr kuni Vashingtonda uchrashdi. Tomonlar sanksiyalarni yumshatish, terrorizmga qarshi hamkorlik va Suriya iqtisodiy tiklanishi masalalarini muhokama qildi.
AQSH ayrim sanksiyalarni 6 oyga to‘xtatadi, Suriya esa “ISHID”ga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shiladi.
Uchrashuvda Tramp Ahmad ash-Shara’aga atir sovg‘a qildi. Atirning ikkinchisini esa uning ayoliga ekanini aytdi va hazil tariqasida Ahmad ash-Shara’adan “nechta xotiningiz bor?” deb so‘radi. Prezident esa “bitta” deb javob berdi.
Tramp Suriya rahbarini “kuchli lider” deb atagan. Trampning fikricha, ash-Shara’a Suriyani “juda muvaffaqiyatli” davlatga aylantira oladi.Qolaversa, Tramp Ahmad ash-Shara’ani avvaldan yoqtirgani va qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.
Ahmad ash-Shara Suriya mustaqillikka erishganidan beri AQSH Prezidenti tomonidan Oq uyda qabul qilingan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.