“Turistik shaharlar o‘rtasida qatnov vaqti 3 barobarga qisqaradi” – Prezident

“Turistik shaharlar o‘rtasida qatnov vaqti 3 barobarga qisqaradi” – Prezident
  • 5
  • 21.11.2025 13:26:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Undan ko’zlangan maqsad, 2030-yilgacha turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish, yiliga 20 million sayyohni jalb qilish va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishdir. Qarorga muvofiq endilikda: Turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkaziladi; 2026-yildan sayyohlar QQS summasini chegarada naqd ko‘rinishda qaytarib olishi mumkin; Turistik shaharlar o‘rtasida qatnov vaqti 3 barobarga qisqaradi; Samarqandda BMT shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi ochiladi; Uy va dala hovlilarni sayyohlarga ijaraga berish soddalashtiriladi. Ushbu yangiliklar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Mehmonxona, transport va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarining kengayishi aholi daromadlari oshishiga, turmush sifatining yaxshilanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, infratuzilmaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholining kundalik hayotida ham ko‘proq qulayliklar tug‘diradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News