Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha miqdorda subsidiya ajratiladi 

Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha miqdorda subsidiya ajratiladi 
  • 6
  • 22.11.2025 12:57:00
  • 1 мин оқу

Prezident qaroriga binoan, jahonga mashhur kiyim-kechak brendlarini savdo-ko‘ngilochar majmualarga jalb qilish hamda shaharlar chetlarida milliy arxitektura uslubiga asoslangan zamonaviy autlet markazlari tashkil etiladi: 

1-bosqichda (2030-yilgacha) – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida; 
2-bosqichda (2030-yildan boshlab) – turistik salohiyati yuqori bo‘lgan boshqa aholi punktlarida. 

2026-yil 1-fevraldan chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan QQS summasini qaytarish ularning xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.
2026-yil 1-martdan esa turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi. Mehmonxonalarning hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda nazarda tutilgan xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News