Toşkentda “Oltin globus” marosimi ötkazildi

Toşkentda “Oltin globus” marosimi ötkazildi
  • 1
  • 26.10.2026 09:25:00
  • 1 мин оқу

23–24-oktabr kunlari Toşkentda ilk bor “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” xalqaro marosimi bölib ötdi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kino va televideniye vakillarining ijodiy yutuqlarini e’tirof etişga bağişlandi.

Marosimda Özbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozoğiston va Armanistondan olti nafar ijodkor taqdirlandi. Ular orasida özbekistonlik aktrisa Gulçehra Jamilova va rejissyor Ali Hamroyev ham bor.

Mukofotlar uçta yönalişda — “Meridian”, “Kaşşof” va “Mayoq” nominatsiyalarida topşirildi. “Meridian” mukofoti kino va san’at rivojiga katta hissa qöşgan ijodkorlarga, “Kaşşof” mukofoti kino va televideniye sohasiga yangiça yondaşuv olib kirgan ijodkorlarga, mukofoti esa mintaqada yangi avlod iste’dodlarini namoyon etayotgan aktyorlarga beriladi.

Gulçehra Jamilova özbek teatr va kino san’atining taniqli vakillaridan biri bölib, uning ijodiy faoliyati olti ön yildan ortiq davom etadi. U Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romani asosida suratga olingan filmda Kumuş obrazini gavdalantirgan. 1992-yilda unga Özbekiston xalq artisti unvoni berilgan. Ali Hamroyev esa rejissyor, ssenariynavis va prodyuser sifatida tanilgan. U 20 dan ortiq badiiy va 30 ta hujjatli film suratga olgan. Uning asarlari Markaziy Osiyo kinematografiyasi rivojiga katta hissa qöşgan.

Taşkilotçilarning ta’kidlaşiça, ikki kunlik tadbir mintaqaning boy madaniy merosini namoyiş etiş, kino va televideniye sohasidagi yutuqlarni e’tirof etiş hamda Şarq va Ğarb ijodkorlari örtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News