
- 8
- 15.11.2025 14:59:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining OAV uchun o‘tkazilgan brifingida Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar haqida so‘zlab, O‘zbekistonning Qozog‘iston uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. U O‘zbekiston xalqining boy madaniyati va an’analariga hurmat bildirganini aytdi. To‘qayev ikki davlat raqib emas, balki strategik hamkor va ishonchli ittifoqchi ekanini qayd etdi, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Shuningdek, u qozoq tilida “U Toshkent ko‘rgan” iborasi mavjudligini eslatib, bu ta’rif bilimli va savodli insonlarga nisbatan ishlatilishini tushuntirdi. “O‘ttizinchi-qirqinchi yillarda bizning barcha ziyolilarimiz Toshkentda tahsil olishgan. Muxtor Avezov va boshqa taniqli ziyolilar shu yerda o‘qishgan. Shundan beri qozoq tilida “U Toshkent ko‘rgan” iborasi bor” — dedi To‘qayev.