Yil o‘g‘riligi: Zargarlik do‘konini o‘margan o‘g‘ri eshakda qochdi

Yil o‘g‘riligi: Zargarlik do‘konini o‘margan o‘g‘ri eshakda qochdi
  • 1
  • 13.02.2026 16:45:00
  • 1 мин оқу

Turkiyada yilning eng kulgili o‘g‘riligi sodir bo‘ldi. Kayserida yigit zargarlik do‘konini yuk ko‘taruvchi mashina bilan ochib, oltinlarni o‘g‘irladi va eshakda qochib qoldi. U boshqalarning e’tiboriga tushmaslik uchun voqea joyidan eshakda ketishga qaror qilgan. Politsiya tezkor tadbir bilan 26 yoshli o‘g‘ri yigitni qo‘lga oldi. Gumondor tergovda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli jinoyat qilganini, hozir afsusda ekanligini ma’lum qildi. O‘g‘irlangan 150 gramm oltin egasiga qaytarildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News