
- 9
- 09.10.2026 11:50:00
- 1 мин оқу
Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduroning rafiqasi Siliya Flores AQSHdagi qamoqxonada sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uy qamog‘iga o‘tkazilishni so‘ramoqchi. Bu haqda AP News xabar berdi.
69 yoshli Flores qamoqda 11 kilogramm vazn yo‘qotgan. Uning advokatlari ayolda bosh aylanishi va nafas qisishi kuzatilayotganini, iyul oyida esa kichik yurak xurujini boshdan kechirgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, unga yurak operatsiyasi kerak bo‘lishi ehtimoli bor.
Himoyachilar Floresni Nyu-Yorkdagi turar joyda 24 soatlik qo‘riqlash ostida saqlashga ruxsat berishni so‘ramoqchi. Biroq prokurorlar uning ozod etilishiga qarshi chiqib, qochib ketish xavfi borligini ta’kidlamoqda.
Flores va uning turmush o‘rtog‘i Nikolas Maduro AQSHda giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Ular ayblovlarni rad etmoqda.