
- 11
- 18.11.2025 07:39:00
- 1 мин оқу
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14–16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi.
U maktubda bu tashrifning tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidlab, u ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga kuchli turtki berganini qayd etdi.
Shuningdek, To‘qayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etilganini yuqori baholadi.
Uning aytishicha, muloqotlar mazmunli o‘tib, mintaqaviy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qilindi. Ozarbayjonning to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi esa mazkur forumga strategik darajadagi ahamiyat bag‘ishladi.