
- 6
- 20.11.2025 09:40:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston televideniyesi faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. “Umrining oxirigacha ijod qildi. Alloh rahmat qilsin!” — deya yozgan jurnalist.
Mirabbos Mirzaahmedov ko‘p yillar davomida “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvining muallifi bo‘lgan. Shuningdek, bir qator filmlarda ishlagan: “Yuzsiz kelin”, “Kim aybdor”, shuningdek, “Bahor qaytmaydi” film-spektaklining rejissyori bo‘lgan. “Arosat” filmida esa rol ijro etgan.