
- 7
- 22.11.2025 10:12:00
- 1 мин оқу
Kuni kecha yakunlangan firibgar kuyov ishi bo‘yicha sudda yigitga 9 yil qamoq jazosi tayinlandi va uy bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topildi.
Sud qaroriga ko‘ra, mulk yana o‘z egasiga qaytarildi.Shuningdek, Sanjar Karimovning harakatlari bo‘yicha tekshiruv boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentlik Jamila Olimboyevaning sobiq yigiti Shahzod Rismatov uni va oilasini aldab, ularning uyini bloger Sanjar Karimov nomiga rasmiylashtirib, evaziga undan qarz olgan. Natijada Olimboyeva oilasi uyidan ayrilgan. Sanjar Karimov esa uyni 240 ming dollarga qonuniy ravishda sotib olganini, pulni uy egalariga naqd berganini aytgan. Yigit qizni uysiz qoldirib ozi qochib ketgan va 2025-yil 30-aprel kuni BAAda qo‘lga olingan.