“Real Sanjik”ga avval tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik”ga avval tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi
  • 12
  • 08.10.2026 18:25:00
  • 1 мин оқу

“Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga nisbatan 8-oktabr kuni Toshkent shahar sudida sud hukmi o‘qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, unga avval tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi. Shuningdek, unga 136 million so‘m jarima tayinlandi.
Sud hukmining qolgan qismi ham o‘zgarishsiz qoldirildi, apellyatsiya shikoyatlari esa qisman qanoatlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Karimov avval firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News