
- 12
- 22.05.2024 15:56:00
- 1 мин оқу
YI Kengashi sun’iy intellektdan (AI) foydalanish bo‘yicha dunyodagi birinchi qoidalarni tasdiqladi. Yangi qonun, boshqa narsalar qatorida, AI bilan bog‘liq risklarni boshqarish, nazorat mezonlarini joriy etish va ularning talablarga muvofiqligini baholash uchun Yevropa tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AI tizimlari inson nazorati ostida, ishonchli va shaffof bo'lishini ta'minlashni xohlaydi.
Qonun sunʼiy intellektni tartibga solish boʻyicha global standartlarga asos solishi mumkin. Yevropalik sun’iy intellekt ekspertlarining fikricha, YI’da ushbu sohani aniq va keng qamrovli tartibga solish, muammo ustida ishlayotgan boshqa mamlakatlar uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin.