Telefondan chiqqan azon ovozi samolyotning favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘ldi

Telefondan chiqqan azon ovozi samolyotning favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘ldi
  • 0
  • 12.03.2026 10:16:00
  • 1 мин оқу

AQSHda yo‘lovchilardan birining telefonidagi azon ovozi sabab Southwest Airlines aviakompaniyasining Tennessi shtatidan Floridaga yo‘l olgan samolyoti Atlanta aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. 
Parvoz paytida yo‘lovchilardan birining telefonida namoz vaqtini eslatadigan taymer ishga tushib, azon ovozi yangragan. Ekipaj buni xavfsizlikka tahdid sifatida qabul qilib, dispetcherga xabar bergan va samolyot shoshilinch qo‘ndirilgan. Keyin esa maxsus kuchlar samolyotga chiqib, o‘sha yo‘lovchini hibsga olib, tekshiruv o‘tkazgan.
Tekshiruvdan so‘ng hech qanday xavf aniqlanmagach, yo‘lovchi qo‘yib yuborildi. Aviakompaniya hodisani “tushunmovchilik” deb atab, kechikish uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News