Pokistonda terrorchilar harbiy shtabga hujum qildi

Pokistonda terrorchilar harbiy shtabga hujum qildi
  • 3
  • 24.11.2025 12:40:00
  • 1 мин оқу

Pokistonning Peshavor shahrida terrorchilar Chegara qo‘mondonligi shtab-kvartirasiga hujum uyushtirdi. Xudkush-terrorchi binoning asosiy kirish qismida o‘zini portlatgan, qolgan hujumchilar esa ichkariga kirgan. Hodisa oqibatida uch nafar xodim halok bo‘ldi, besh kishi, jumladan ikki harbiy xodim yaralandi. Yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan. Armiya va politsiya hududni o‘rab olgan, binoda yana terrorchilar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Shu sababli yo‘llar vaqtincha yopilgan. Hujum uchun hozircha hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. 

So‘nggi paytlarda Pokistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jangarilar hujumlari ko‘paygani, buni rasmiylar Afg‘oniston bilan keskinlashgan munosabatlar bilan bog‘layotgani aytilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News