
- 0
- 16.02.2026 09:59:00
- 1 мин оқу
15-fevral kuni soat 09:00 atrofida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qipchoq–Quruvchilar ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida Lacetti avtomobili ikkiga bo‘linib ketgan, Leapmotor C16 esa old qismidan jiddiy shikastlangan. Poytaxt IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida Lacetti haydovchisi hamda bekatda turgan bir nafar piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.