
- 0
- 12.03.2026 10:12:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Salar kanaliga vaqtincha ko‘prik o‘rnatildi. Sergeli tuman hokimligi kanal ustidan o‘tuvchi vaqtinchalik ko‘prikda barcha qurilish va montaj ishlari to‘liq yakuniga yetkazilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘quvchilar Sergeli va Yangihayot tumani tutashgan hududdagi Salar kanalini quvur orqali kesib o‘tayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, mutasaddilar kanal ustidan vaqtincha ko‘prik qurish ishlarini boshlab yuborgan edi. Hozirda maktab o‘quvchilari va mahalla ahli hech qanday xavf-xatarsiz harakatlanmoqda.