2026-yilgi kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2026-yilgi kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi
  • 2
  • 11.02.2026 16:13:00
  • 1 мин оқу

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga mos test sinovlari (kasbiy va ijodiy imtihonlar) topshiriladigan fanlar majmuasini e’lon qildi. Vazirlikka ko‘ra, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar majmuasi qabul parametrlari tasdiqlangach qo‘shimcha belgilanadi. Bilimni baholash agentligi joriy yilda kunduzgi ta’lim shakli uchun 36 023 nafar abituriyent davlat granti asosida qabul qilinishini ma’lum qilgan. Bu ko‘rsatkich Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 18-iyuldagi farmoyishiga muvofiq tasdiqlangan bo‘lib, 2026-yil uchun 36 mingdan ortiq davlat granti ajratilishi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News