
- 6
- 07.11.2025 07:18:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda muzokaralar o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ikki tomon o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, savdo, investitsiya va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Oq uyga tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi va Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Bundan tashqari, Prezident Mirziyoyev “C5+1” sammitida AQSh Prezidentini “tinchlik prezidenti” deb atab, uning sakkizta harbiy mojaroni to‘xtatishga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.