Shavkat Mirziyoyev Samarqandda

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda
  • 10
  • 25.11.2025 15:35:00
  • 1 мин оқу

Prezidentimiz Samarqandga tashrifi davomida bir qator muqaddas maskanlar va tarixiy majmualarni ziyorat qildi. Avvalo, davlat rahbari Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning maqbarasiga gul qo‘ydi. Bu yerda Qur’on oyatlari tilovat qilinib, yurt ravnaqi, tinchlik va xalq farovonligi uchun duolar qilindi.

Shundan so‘ng, Prezident Mahdumi A’zam majmuasida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ushbu majmua yangi ko‘rinish kasb etishi, ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratilishi, tarixiy merosni asrash va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashriflar Samarqandning ma’naviy merosini yuksaltirish, muqaddas qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi davlat ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News