
- 4
- 27.11.2025 16:32:00
- 1 мин оқу
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi, 19 yoshli Javohir Sindorov Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Farmonga ko‘ra, Sindorovning O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, xalqaro maydondagi yuksak natijalari va yurt sha’nini munosib himoya qilgani e’tirof etildi. Davlat rahbarining sovg‘asi sifatida Javohirga 3 xonali uy berildi. Uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.