Shavkat Mirziyoyev: “Aholi daromadining katta qismi dori-darmonga ketmoqda”

Shavkat Mirziyoyev: “Aholi daromadining katta qismi dori-darmonga ketmoqda”
  • 10
  • 10.11.2025 12:52:00
  • 1 мин оқу

Prezident 10-noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda inflyatsiya va oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, biroq aholining katta qismi daromadini dori-darmonga sarflayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari so‘nggi besh yilda ixtisoslashgan markazlarga 7,5 trillion so‘m ajratilgani, ammo zamonaviy uskunalarning atigi 25 foizi ishlatilayotganini tanqid qildi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari raqamlashtirish, diagnostika va davolashni yaxshilash bo‘yicha sust harakat qilayotgani qayd etildi. Prezident kasalliklar statistikasi asosida aniq tahlil va reja bilan ishlash, ajratilgan mablag‘ hamda uskunalardan samarali foydalanish zarurligini urg‘uladi.

Kecha, 9-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, soha vakillarini mukofotlagan hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror imzolagan edi. 
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalari besh kunlik ish haftasiga o‘tadi. 2026-yil 1-yanvardan yangi davolash usulini joriy etib, ijobiy natija ko‘rsatgan shifokorlarga BHMning 50 baravari miqdorida mukofot beriladi. Shuningdek, 15 yillik tajribaga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga oliygohlarda o‘qish uchun kontrakt to‘lovining 30 foizi qoplab beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News