
- 3
- 25.11.2025 13:58:00
- 1 мин оқу
Avstraliya senati Polin Xenson burqa kiygan holda majlisda ishtirok etganidan so‘ng to‘xtatildi. Xenson burqani yechishni rad etdi, shu sabab parlament ishlarini davom ettirish imkoni bo‘lmadi. Bu Xensonning 2017-yilda qilgan shunday harakatining takrorlanishi bo‘ldi.
U parlamentda musulmon ayollarning yuzni yopuvchi kiyimlarini, jumladan burqalarni, ommaviy joylarda taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritishga harakat qilmoqda. Uning bu harakati senatda keskin tanqid qilindi va “musulmonlarga hurmatsizlik va irqchilik” sifatida baholandi hamda, Xenson parlamentdan bir hafta chetlatildi.