
- 3
- 19.11.2025 09:02:00
- 1 мин оқу
Rossiyada deputat Mixail Ivanov nikohni bekor qilganlik uchun 40 ming rubl (taxminan 493 dollar) jarima kiritishni taklif qildi. Shuningdek, nikoh tuzayotganlarga 20 ming rubl mukofot berish ham taklif qilinmoqda. Deputatning aytishicha, jarima cheklangan byudjet sharoitida ajrashishni “muvozanatlashtiruvchi omil” bo‘lishi mumkin. U federal qonunchilikda “onalik va bolalikni obro‘sizlantirishni” taqiqlash, oilaviy erkinlikni cheklash zarurligini ham ta’kidladi. Avgustda Davlat dumasiga ajrashgan ota-onalarga bolani birgalikda tarbiyalash majburiyatini yuklovchi qonun loyihasi kiritilgan.
Rossiyada ajrimlar soni oshib bormoqda: 2024-yilda o‘nta nikohga sakkizga yaqin ajrim to‘g‘ri kelgan. 2025-yildan ajrashish uchun boj 650 rublidan 5000 rublgacha oshirildi. So‘rovnomalarda ajrashish sabablari orasida oilani boqolmaslik, tushunmovchilik, xiyonat va rashk ko‘rsatildi.