
- 4
- 16.11.2025 13:17:00
- 1 мин оқу
16-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yakunida qo‘shma bayonot qabul qilindi. Unda quyidagi muhim qarorlar e’lon qilindi:
🔹 Qirg‘izistonning 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi BMTga taqdim etilishi;
🔹 Ozarbayjon Maslahat uchrashuvlariga to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shilishi;
🔹 Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasining qabul qilinishi;
🔹 Xavfsizlik xatarlarini bartaraf etish bo‘yicha 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan choralar rejalari.
Sammitda Turkmaniston prezidenti 2026-yilda yangi “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida uchrashuvga raislik qilishini ma’lum qildi. Markaziy Osiyo rahbarlari Ozarbayjonning to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shilishini bir ovozdan tasdiqladi.