Londonda Ramazon shukuhi

 Londonda Ramazon shukuhi
  • 0
  • 16.02.2026 09:54:00
  • 1 мин оқу

Londondagi mashhur Koventri ko‘chasi Ramazon munosabati bilan to‘rtinchi bor bayramona chiroqlar bilan bezatildi. Pikadilli sirkidan Lester maydonigacha cho‘zilgan ko‘cha geometrik LED yoritish bezaklari bilan jihozlandi. Piyodalar ustida “Happy Ramadan!” yozuvli installyatsiya o‘rnatilgan. Loyiha “Aziz” jamg‘armasi va shahar ma’muriyati hamkorligida amalga oshirildi. London meri Sodiq Xonning ta’kidlashicha, London G‘arb dunyosida markaziy ko‘chasi Ramazon sharafiga yoritilgan ilk shahar bo‘lgan. Bayramona chiroqlar 19-martgacha har kuni soat 17:00 dan 01:00 gacha yoqiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News