
- 0
- 11.09.2025 08:31:00
- 1 мин оқу
10-sentabr kuni Fransiyada “Hammasini to‘samiz” nomli norozilik namoyishlari boshlandi. Ishtirokchilar avtomagistrallarni to‘sib, temiryo‘l qatnovini izdan chiqardi. Parij va boshqa shaharlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Mamlakat bo‘ylab 80 ming, jumladan Parijda 6 ming politsiyachi safarbar etildi.