
- 1
- 22.10.2026 10:52:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yoshlar va faollar bilan uchrashuvda yozuvchi Javlon Jovliyev hamda “Kitobxon oila” tanlovi sovrindoriga poytaxtdan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.
“O‘zingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki bo‘ladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik ko‘rmaydi. Ota-onasidan katta sovg‘a oladi”, — dedi prezident.
Shuningdek, 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ona tilining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati, adabiyot va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev yoshlar va faollar bilan uchrashuvdan mamnunligini bildirdi. Shundan so‘ng prezident mahalla faollari va nuroniylar bilan suhbatlashib, hududdagi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi.
#casia #prezident #kitobxon #sovga