Prezident Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha farmon imzoladi

Prezident Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha farmon imzoladi
  • 17
  • 25.11.2025 09:11:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzoladi.
Farmonga muvofiq, maxsus komissiya tashkil etildi va u yaqin, o‘rta va uzoq muddatli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Ularning asosiy vazifalari:

🔹 Ekologik nazoratni kuchaytirish;
🔹 Ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash;
🔹 Qurilish jarayonlariga qat’iy talablar qo‘yish;
🔹 Shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish;
🔹 Havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi havo sifati muammosi asosan uch omil bilan bog‘liq: iqlim o‘zgarishi va kam yog‘ingarchilik, issiqlik manbalari va sanoat korxonalari, hamda transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalar.
Komissiya yaqin kunlarda aniq harakatlar rejasini ishlab, prezidentga taqdim etadi.

24-noyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni muhokama etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazgandi. Yig‘ilishda ekspertlar xulosalariga asoslangan tarzda yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolni o‘z ichiga olgan kompleks takliflar ishlab chiqildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News