Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navro‘z tantanalari boshlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navro‘z tantanalari boshlandi
  • 0
  • 21.03.2026 12:07:00
  • 1 мин оқу

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan katta konsert dasturi tashkil etilib, unda yorqin sahna chiqishlari namoyish etildi.

Prezident o‘z tabrik nutqida Navro‘z — yangilanish, ezgulik va birdamlik timsoli ekanini ta’kidlab, barcha yurtdoshlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlarga ham iliq tilaklar yo‘llandi.

Davlat rahbari mamlakatda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda jamiyatda totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News