
- 9
- 16.02.2026 15:53:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun esa umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi. Davlat dasturi doirasida shuningdek ipoteka va elektromobil kreditlari mexanizmini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 30% ga yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va jinoyat sudlarida xalq vakillari hay’ati ishtirokini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, mahalla mablag‘lari hisobdorligini oshirish, ichki yo‘llar va veloyo‘laklar tashkil etish, biznes-inkubatorlar va kasbiy qayta tayyorlash markazlari ochish, energiya samaradorligi KPIlarini joriy etish va utilizatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish kabi takliflar qiziqarli deb topildi. Xorijdagi vatandoshlar bilan muhokamalarda 60 ga yaqin qo‘shimcha takliflar olingan, jumladan, nodavlat maktablarni litsenziyalash, tibbiy skrining tizimlari, imtiyozli kreditlar va eksport xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritildi.