
- 4
- 29.11.2025 21:05:00
- 1 мин оқу
27-noyabr kuni Rim papasi Leo XIV o‘zining birinchi xalqaro safari doirasida Turkiyaga bordi. 27-noyabrdan 2-dekabrgacha davom etadigan safar Nikeya e’tiqodining qabul qilinishining 1700 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.
May oyida papa etib saylangan Leo XIV ilk manzil sifatida musulmon aholisi ko‘pchilikni tashkil etadigan Turkiyani tanladi. U Anqarada Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan, Istanbulda esa dunyo pravoslav nasroniylarining yetakchisi Patriarx Vartolomey bilan uchrashdi. Shuningdek, u Turkiyada uch kun davomida qator tarixiy va diniy maskanlarga tashrif buyurib, Folksvagen Arenada Turkiyadagi xristianlar bilan tarixiy diniy marosim o‘tkazdi. Bu Turkiya tarixida bir papaning ommaviy tarzda o‘tkazgan ilk diniy marosimi bo‘ldi.