Toshkent bozorlarida videoga olish uchun ruxsat pullik tartibga o‘tdi

Toshkent bozorlarida videoga olish uchun ruxsat pullik tartibga o‘tdi
  • 4
  • 19.11.2025 09:01:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi bozorlar va savdo majmualarida yangi tariflar joriy etildi. Endi avtoturargohlar va tijoriy video/foto suratga olish bo‘yicha to‘lovlar yangilangan tartibda undiriladi.

Avtoturargohlar: 

  🔹 3 soatgacha — 25 ming so‘m
  🔹 4 soatdan ortiq — 50 ming so‘m

O‘zgarishlar bozorlar atrofidagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida joriy etilgan. Ish kunlarida tariflar pastroq bo‘ladi.

Tijoriy video yoki tasvirga olish:

Bozorlar hududida reklama, klip, videorolik yoki boshqa tijoriy maqsadlarda suratga olishning 1 soati uchun 5 million so‘m to‘lov belgilandi.
Qarorga ko‘ra, ushbu tartib OAV va xorijiy turistlarga tatbiq etilmaydi — ular uchun alohida ruxsat yoki to‘lov talab qilinmaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News