Tinchlik kengashi Gʻazo uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratadi

Tinchlik kengashi Gʻazo uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratadi
  • 1
  • 16.02.2026 10:09:00
  • 1 мин оқу

Donald Tramp Truth Social orqali bergan bayonotida Tinchlik kengashiga a’zo davlatlar Gʻazoga gumanitar yordam va tiklanish ishlari uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 19-fevral kuni Vashingtonda kengash a’zolari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Tramp, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xalqaro kuchlar hamda mahalliy politsiyaga minglab xodimlar yuborilishi rejalashtirilayotganini bildirdi. Tinchlik kengashi nizomi 2026-yil yanvar oyida Davosda qabul qilingan bo‘lib, uni Shavkat Mirziyoyev ham imzolagan va prezident Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News