
- 3
- 17.02.2026 00:32:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni Ramazon oyida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur dastur doirasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali esa 300 milliard so‘m ajratiladi. Mablag‘lar ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish hamda nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Prezident yordamlar shaffof ro‘yxatlar asosida, fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, teng va adolatli tarzda yetkazilishi shartligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tilishicha, O‘zbekistonda 2026-yilda Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanadi. Ramazon tadbirlarini ixcham va tejamkorlik asosida tashkil etish zarurligi qayd etildi.