
- 3
- 18.02.2026 14:39:00
- 1 мин оқу
Prezident qarori bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 800 milliard so‘m ajratildi. Qarorga ko‘ra, ijtimoiy reyestrdagi “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi oilalar, yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironlar, shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar yashayotgan oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik yordam beriladi.
Shuningdek, “kambag‘al oila” va “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan yordam ajratiladi. Bu ro‘yxatdagi oilalar soni hududdagi “davlat ta’minotidagi oila” sonining 20 foizidan oshmasligi belgilangan. Ijtimoiy reyestrdagi 6 ming nafar bemor a’zolarning davolanish va jarrohlik xarajatlari ham qoplab beriladi. Yordam mablag‘lari daromad solig‘iga kiritilmaydi.
Yordam oluvchilar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi va mahalla tizimi tomonidan shakllantirilib, 2026-yil 1 martga qadar “Xalq banki” orqali ijtimoiy yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.